“Real” futbolchilari ilk uchrashuvda bu vazifani uddalashdi

  • 13 fevral, 21:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichida “Real Madrid” “Manchester Siti” bilan bahs olib borib, 3:2 hisobida zafar quchdi. 
 
Gap shundaki, mazkur to‘qnashuvda “qirollik klubi”ning 6 nafar futbolchisi (Ryudiger, Kamavinga, Modrich, Bellingem, Chuameni va Endrik) sariq kartochka olsalar, javob bellashuvini o‘tkazib yuborish xavfi bor edi. Biroq, hech qaysi o‘yinchi kartochkaga loyiq qoidani buzmadi. Ushbu futbolchilardan tashqari, o‘yin davomida hech bir futbolchi sariq kartochka bilan jazolanmaganini ham ta’kidlash joiz. 
 
Uchrashuvda Kamavinga, Bellingem va Chuameni to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Modrich 81-daqiqada zaxiradan o‘yin qo‘shildi. Endrik esa zaxirada qoladigan bo‘ldi.Shu bilan birga, germaniyalik himoyachi bir necha kun avval jarohat olib, bahsni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, “qaymoqranglilar” va “shaharliklar” o‘rtasidagi javob to‘qnashuvi 19 fevraldan 20 fevralga o‘tar kechasi soat 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!