"Real" futbolchilari kuchli beshlikning rekordini o‘rnatdi

  • 15 iyun, 2020, 00:32
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

La Liganing 28-turidan o‘rin olgan "Real" va "Eybar" (3:1) qarama-qarshiligida mezbonlar himoyachisi Marselo gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Braziliyalik Ispaniya chempionatining joriy mavsumida "qaymoqranglilar" safida gol urgan 19-futbolchi bo‘ldi. Bu kuchli beshlik chempionatidagi rekord natija hisoblanadi.

Ispaniya, Italiya, Angliya, Germaniya va Frantsiya mamlakatlarining hech bir klubida 19 ta futbolchi gol urishga erishmagan.

Madrid klubining joriy mavsumdagi to‘purari Karim Benzema hisobida 14 ta gol bor. Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasi Serxio Ramos (6 ta gol) ga tegishli va Toni Kroos La Ligadagi 4 ta goli bilan jamoaning uchinchi raqamli to‘purari bo‘lib turipti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!