"Real" futbolchilari mashg‘ulotlarga borish bo‘yicha muammoga duch keldi. Shu bois, FIFAdan g‘azabda

  • 27 iyun, 23:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Zaltsburg" ustidan 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabadan so‘ng madridliklar maydonda emas, maydon tashqarisida muammolarga duch keldi.

Tecno

"COPE" va "Goal" nashrlarining xabar berishicha, "Real" FIFA tomonidan yo‘lga qo‘yilgan logistikadan qattiq norozi. "Palm-Bich"dagi mashg‘ulot lageriga qaytish jarayoni ko‘p soatlik murakkab voqeaga aylandi.

Avval futbolchilar stadion yonidagi avtobuslarda uzoq vaqt kutgan, keyin esa aeroportda bir necha soat kutishga majbur bo‘lgan. Faqatgina tong otganda mehmonxonaga joylashishga muvaffaq bo‘lishgan. Safar esa 6 soatdan ortiq vaqt olgan.

"Real" rahbariyati bu holatdan qattiq g‘azabda. Ular FIFAni bu darajadagi turnirga munosib sharoit yarata olmaganlikda ayblamoqda va bunday holatlar jamoaning 1/8 finaldagi "Yuventus"ga qarshi o‘yiniga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!