“Real” futbolchisi jamoadagi ahvoldan norozi
“Real Madrid” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jamoadagi o‘yin vaqti kamayib ketganidan norozi bo‘lyapti. Bu haqida The Touchline nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchi jamoada yanada muhim rol o‘ynashni va asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi bo‘lishni xohlamoqda.
Biroq avvalroq Kamavinga “Real Madrid” mutlaqo almashtirilmas futbolchilar ro‘yxatidan chiqarilgani aytilgan edi. Shu sababli madridliklar yaxshi taklif tushsa, uni kelasi yozda ham qoyib yuborishga tayyor.
Joriy mavsumda 23 yoshli Kamavinga barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar