"Real" futbolchisi jamoadan uzr so'radi

  • 23.03.2026 23:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoadoshlari va murabbiylardan uzr so'radi. Avvalroq matbuotda ingliz futbolchisi "Atletiko"ga qarshi derbi o'yinida kechikkani uchun asosiy tarkibga kiritilmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

The Athletic nashrining ma'lum qilishicha, Trent shanba kungi mashg'ulotga taxminan 20 daqiqaga kechikkan. Shundan so'ng u bosh murabbiy Alvaro Arbeloa, jamoa sardori Dani Karvaxal hamda boshqa futbolchilardan uzr so'ragan. Manbaga ko'ra, baza xodimlari Trentning bu ishini "haqiqiy jentlmenga xos harakat" deb baholagan.

Ma'lumot uchun, "qaymoqranglilar" o'z maydonida "Atletiko"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Angliyalik himoyachi esa 64-daqiqada zahiradan maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!