"Real" futbolchisini vaqtliroq ijaradan qaytarib oldi
Madridning "Real" klubi davrozaboni Andrey Luninni ijaradan chaqirib oldi. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Valyadolid" 20 yoshli ukrainalik darvozabonga deyarli o‘yin amaliyoti bermaganligi sabab Madrid klubi shunday qarorga kelishga majbur bo‘lgan. O‘tgan davr mobaynida Lunin "Valyadolid" tarkibida ikkita o‘yinda maydonga tushgan.
"Real" o‘z navbatida futbolchi uchun boshqa ijara klubi izlash ishlarini boshlab yuborgan.
Fikrlar