Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real" Holandga aloqaga chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Transferga harakat boshlandi

«Real» Erling Xoland atrofidagi vaziyatni sinchiklab kuzatmoqda. Klub rahbariyati «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandning kelajagi bo‘yicha uning agentlari bilan muntazam aloqa o‘rnatgan. Bu haqida El Mundo nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar «Manchester Siti»ga moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar futbolchining kelgusi faoliyatiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini o‘rganmoqda. Xolandning vakillari hozircha aniq javob berish qiyinligini aytgan va vaziyatni kuzatib turishni so‘ragan.

«Real»da tushunishlaricha, agar Angliya chempionatida «Manchester Siti»dan ochkolar olib qo‘yilsa yoki jamoa pastroq divizionga tushirilsa, bu Erling Xoland uchun yangi klub izlash imkoniyatini ochishi mumkin.

Hujumchining amaldagi shartnomasi 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan. Xoland «Manchester Siti»ga Dortmundning «Borussiya» jamoasidan o‘tgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q