"Real" hujum chizig‘ini "Atletiko" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

  • 12.02.2023 06:52
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid o‘z tarkibini iste’dodli futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.

"Fichajes" nashri ma’lumotlariga qaraganda, "Chelsi" yulduzi Joau Felish "qaymoqranglilar" radariga tushgan. Klub portugaliyalik hujumchini xarid qilish variantini ko‘rib chiqyapti.

Felish ayni paytda ijara asosida "aristokratlar" sharafini himoya qilmoqda. Uning transferi "Atletiko"ga tegishli. "Matraschilar" uni sotishga tayyor.

"Transfermarkt" portali Joauni 50 million evroga baholamoqda. U joriy mavsumning birinchi yarmida 20 bellashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 5 gol va 3 assistni yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!