"Real" hujumchisi Ispaniyaning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin

  • 8 iyun, 2024, 17:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilning boshida "Atletiko"ga qarshi bahsda zaxiradan maydona tushib, gol urgan Alvaro Rodrigesga bu mavsum deyarli o‘yin amaliyoti berilmadi. Endi u klubni tark etishi mumkin. 

"Relevo" nashri xabar berishicha, "Xetafe" urugvaylik hujumchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va bu taklifga futbolchining o‘zi ochiq. Sababi, 19 yoshli strayker ko‘proq o‘ynashni istaydi. 

Rodriges yakuniga etgan mavsumda atigi ikki marta "Real" safida maydonga tushdi. "Kastilya" tarkibida esa 34 ta bahsda ishtirok etib, 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Carlo Ancelotti tips Alvaro Rodriguez for key role in Real Madrid run in -  Football España

Shunday bo‘lsa-da, uning asosiy jamoaga o‘tishi qiyin masala. Ushbu yozda klubga Kilian Mbappe va Endriklar kelib qo‘shiladi. 

Rodrigesning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. U klubni ijara asosida tark etishi ham mumkin. "Xetafe" esa La Liga turnir jadvalida 12-o‘rin bilan mavsumni yakunladi. Bardolas qo‘l ostidagi jamoa asosiy hujumchisi Borxa Mayoral jarohat olganidan keyin qiyinchiliklarga duch kelib, so‘nggi 5 turning barchasida mag‘lubiyatga uchradi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!