
“Real” hujumida Saloh yoki Mane o‘ynaydi!
Ispaniyaning Football Espana nashrining xabar berishicha, Kilian Mbappeni qo‘ldan chiqargan “Qirollik klubi” rahbariyati hujum chizig‘iga “Liverpul”ning hujum tandemi – Muhammad Saloh yoki Sadio Maneni olib keladigan bo‘lyapti.
Har ikki afrikalik to‘purarning liverpulliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoldi va tomonlar hali yangi bitimni imzolamagani yozda bu o‘yinchilarni transfer qilish ehtimolini oshiradi.
Shunga qaramay, “Real” Muhammad Salohni tanlasa, 100 million evro, agar Sadio Maneni olsa, 80 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Muhammad Saloh Angliya premer-ligasida 35 ta uchrashuvda 23 ta gol bilan to‘purarlar poygasida Son Xin Min bilan birga birinchi o‘rinni egalladi.
Sadi Mane esa yakunlangan chempionatda o‘z hisobiga 34 ta o‘yinda 16 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar