“Real” jahon chempioni uchun katta summa va bir yulduzni beradi
“Real” klubi hali ham “Chelsi” yarim himoyachisi Enzo Fernandesni transfer qilishga asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi.
Ma'lumotlarga koʻra, London klubi argentinalik futbolchi uchun juda katta summa talab qilishi mumkin. Biroq madridliklard bu masala yechimini oʻylab qoʻygan.
Topskills Sports UK nashrining xabariga koʻra, ispan klubi 70 million yevro va yarim himoyachi Eduardo Kamavingani almashuv sifatida taklif qilishi mumkin.
Fransuz futbolchisi asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotgan va kelasi transfer oynasida sotib yuborilishi rejalashtirilmoqda.
Transfermarkt portali ma'lumotiga koʻra, amaldagi jahon chempioni boʻlgan 25 yoshli Enzo Fernandesning bozor qiymati 90 million yevro, 23 yoshli Eduardo Kamavinganing narxi esa,50 million yevroga baholanmoqda.
Fikrlar