
"Real" Karvahal o‘rniga APLdan futbolchi olmoqchi
M adridning "Real" klubi jarohat olgan Dani Karvaxal o‘rniga "Tottenxem"ning himoyachisi Pedro Porroni olib kelmoqchi.
Bir necha kun oldin "qirollik klubi"ning asosiy o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvahal paylari yirtilgani sabab mavsum so‘nggiga qadar safdan chiqqandi. Anchelottida faqatgina faqatgina asli vinger bo‘lgan, ancha muddatdan buyon o‘ng qanot himoyasida harakat qilayotgan Lukas Vaskes varianti bor. Shundan so‘ng jamoa rahbarlari bir nechta varintlarni ko‘rib chiqmoqda. 25 yoshli futbolchining hozirgi narxi 45 million evro deb baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Porro so‘nggi 2 mavsum "shporlar" safida 62 ta o‘yinda harakat qilib, 8 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Bu mavsum esa 7 ta o‘yinda 1 ta gol urishga ulgurdi.
Fikrlar