“Real” katta transfer bo‘yicha “maxfiy” ish olib boryapti

  • 16 oktabr, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yoshi o‘tib borayotgan Luka Modrich o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi. Garchi 39 yoshli yarim himoyachi hali futboldan ketishni o‘ylamayotgan bo‘lsa-da, “Qirollik klubi” uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi olish harakatini boshlab yuborgan.

Tecno

AS nashrining yozishicha, madridliklar “Bayer”ning 21 yoshli etakchisi Florian Virtsni tanlagan. Ayni paytda nemis futbolchisini qo‘lga kiritish uchun madridliklar “maxfiy” ish olib borayotgani aytilmoqda.

Floran Virtsning leverkuzenliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha davom etishi belgilangan. Iqtidorli futbolchi “Bayer” safida 2020 yildan beri to‘p tepmoqda.

O‘tgan mavsumda Virts o‘z o‘yinlari bilan jamoasining tarixda ilk bor Bundesliga chempioni bo‘lishini ta’minladi.

Transfermarkt portali ekspertlari nemis futbolining eng yorqin iste’dodlaridan biri hisoblangan hujumkor futbolchini 130 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!