“Real” kelasi yozga ikki superfutbolchi topib qo‘ydi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub yozgi transferlar davridagi rejalarini amalga oshirib bo‘lganini ta’kidlagan edi.
Endi madridliklar kelasi yozda amalga oshiriladigan transfer bo‘yicha ish boshladi. Unga ko‘ra, klub ishni qanot himoyachilarini yangilashdan boshlaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” mutasaddilari o‘ng qanotga “Chelsi” vakili Ris Jeymsni, qarama qarshi tarafga “Bavariya”ning tezkor himoyachisi Alfonso Devisni olib kelishni mo‘ljallayapti.
Madridliklar o‘yinchi tanlashda ularning yoshiga e’tibor qaratmoqda. 22 yoshli Devis va 23 yashar Jeyms Madridga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, klub uzoq muddatga qanot himoyachilari muammosidan qutiladi.
Fikrlar