"Real" "Lester"dagi yangi iste'dodni nishonga oldi
Arzon paytida olib qolish kerak
«Real Madrid» klubi «Lester» yarim himoyachisi Luis Peyj transferi uchun kurashga qo‘shilgani xabar qilinmoqda. Bu haqida insayder Ekrem Konur ma’lumot berdi.
18 yoshli futbolchi uchun angliyaliklar 15 million funt atrofida mablag‘ so‘rayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, «Lester» klubi Peyjni kamida mavsum oxirigacha jamoada saqlab qolish niyatida.
Yosh yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Luis Peyjni 4 million yevro atrofida baholagan. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, futbolchiga «Manchester Yunayted» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Izohlar (0)