
"Real Madrid" Chempionlar ligasida yubiley bahsini o‘tkazdi
Xabaringiz bor, kecha EChLda nimchorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. "Real" "Santyago Bernabeu"da hamshahari "Atletiko" bilan bellashdi va qiyin g‘alabaga erishdi. (2:1)
Bu jamoaning Chempionlar ligasidagi 500 yubiley o‘yini sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi. Bu uchrashuvlarda jamoa quyidagicha statistika qayd etgan: 302 g‘alaba, 85 durang va 113 mag‘lubiyat.
Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" hamda "Real" o‘rtasidagi javob bahsi 12 dan 13 martga o‘tar kechasi 01:00 da "Vanda Metropolitano" o‘yingohida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar