"Real Madrid" Karvaxal o‘rniga boshqa futbolchi olmaydi

  • 8 oktabr, 2024, 16:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" Daniel Karvaxal o‘rniga boshqa futbolchi sotib olishni reja qilmayabdi.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi avvalgi xafta "Vilyarreal" bilan o‘yinda jiddiy jarohat olgan edi. Uning tiklanishi uchun kamida 8-10 oy vaqt talab etilishi tasdiqlandi.

Tecno

Jurnalist Xose Luis Sanchesning ta’kidlashicha, madridliklar Karvaxal o‘rniga boshqa bir qanot futbolchisi harid qilishni reja qilayotgani yo‘q. 

"Agar ularda yana bir fors-major holati yuzaga kelmasa, yangi futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmaydilar. Madrid klubining aniq rejasi mavjud. Ular Lukas Vaskesga to‘liq ishonmoqdalar", - dedi jurnalist.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!