“Real Madrid” katta transfer ustida ishlamoqda
“Real Madrid” “Chelsi” yarim himoyachisi Enzo Fernandezni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida The Independent nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, APLning soʻnggi turida “Sanderlend”ga qarshi uchrashuv argentinalik futbolchi uchun londonliklar safidagi oxirgi oʻyin boʻlishi mumkin.
25 yoshli yarim himoyachiga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda. Biroq bu koʻp jihatdan Rodrigning kelajagiga bogʻliq. Agar “Real” ispaniyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olsa, Fernandez “shaharliklar” uchun asosiy variantga aylanishi mumkin.
“Aristrokratlar”da esa futbolchi bilan xayrlashish ehtimoli ortib borayotgani aytilmoqda. Sababi, murakkab oʻtgan mavsum davomida Enzo bosh murabbiy Liam Rosenyor qoʻl ostida bir necha bor asosiy tarkibdan chetda qolgan.
Londonliklar muzokaralarga tayyor, ammo klub bir necha yil avval “Benfika”ga toʻlangan 121 million evroni qaytarib olish qiyin boʻlishini tushunib turibdi.

Fikrlar