"Real" Mark Kukurelya transferini e'lon qildi
Madridning "Real" klubi 27 yoshli chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyaning transferini rasmiy e’lon qildi.
Ispaniyalik futbolchi madridliklar bilan 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi.
Bundan oldinroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, "Chelsi" ushbu transferdan 55 million yevro ishlab oladi. Shuningdek, London klubiga qo‘shimcha ravishda 5 million yevro bonus ham to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik himoyachi ingliz klubi sharafini 2022 yilning avgustidan buyon himoya qilib kelayotgan edi. Yakunlangan mavsumda Kukurelya APL doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar