“Real” mashhur yulduzni bepul oladi
Madridning “Real” klubi kelasi yozda erkin agent maqomini oladigan Ruben Neves atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib borishga kirishdi.
“Qirollik klubi” qishki transfer oynasi davrida maydon markazini kuchaytirishni reja qilmagan. O'zgarish yozda amalga oshirildi.
Bu haqida AS xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, madridliklar uchun yaxshi variantlardan biri – Portugaliya terma jamoasi va “Al-Hilol” klubining 28 yoshli yarim himoyachisi Ruben Neves bo'lib, uning shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.
Ta'kidlanishicha, saudiyaliklar agar futbolchi uchun 15–20 million yevro miqdorida taklif tushsa, futbolchini joriy qishda sotishga tayyor.
Neves 2023 yil yozidan buyon “Al-Hilol” safida to'p suradi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda ishtirok etib, besh gol va bir golli uzatma qayd etdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.
Fikrlar