“Real” Mbappeni xursand qildi
Madridning “Real” klubi kelasi mavsumda o‘z o‘yin uslubini hujumchi Kilian Mbappe atrofida qurishni rejalashtirmoqda. Bu loyihani mashhur murabbiy Joze Mourinyo boshqaradi.
Bu haqida AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoa fransuz hujumchisining jarima maydoni tashqarisida ko‘proq to‘p qabul qilishi va oldida erkin hududga ega bo‘lishiga mos o‘yin uslubini shakllantirmoqchi. Shu bois u an’anaviy markaziy hujumchi vazifasida emas, balki erkinroq rolda harakat qiladi.
“Qirollik klubi” Mbappeni loyihaning asosiy tayanchi deb hisoblamoqda va transfer siyosatini ham unga mos futbolchilarni jalb qilishga qaratmoqda.
Shu maqsadda “Real” Mbappening vatandoshi Ibrohim Konate bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, u bilan “Monako”da birga to‘p surgan Bernardu Silva ham jamoaga taklif etildi.

Fikrlar