“Real” muddatidan oldin “Barsa”ga taslim bo‘ldi

  • 05.03.2026 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin “Real” futbolchilari La Liga chempionlik poygasida “Barselona”ni ortda qoldirish mumkinligiga ishonchini yo‘qotdi.

Ayniqsa, madridliklar “Santyago Bernabeu”da “Xetafega” yutqazib qo‘yganidan keyin klub ichidagi muhitda muammolar borligi haqida yangi muhokamalar avj olmoqda.

Cadena SER nashri ma’lumotiga ko‘ra, 26 turdan keyin kataloniyaliklardan to‘rt ochkoga ortda qolib ketgan “Real” futbolchilari juda pessimistik kayfiyatda va endi La Ligani yuta olishlariga ishonmayapti.

Futbolchilar mag‘lubiyatdan keyin o‘zlarini “mutlaqo ojiz” deb his qilishmoqda.

Avval xabar qilingandek, jamoada bosh murabbiy Alvaro Arbeloaga nisbatan futbolchilarning ishonchi tobora yo‘qolib bormoqda. Arbeloa jamoada “vaqtinchalik murabbiy” sifatida qabul qilinayotgani va futbolchilarni rag‘batlantirishi qiyinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!