
"Real" muxlislari buni bilishlari shart!
Xabaringiz bor, “Real” Ispaniya kubogi yarim finalining dastlabki o‘yinida o‘z maydonida “Barselona”ga mag‘lub bo‘ldi (0:1).
Squawka tarqatgan xabarga ko‘ra, “qaymoqranglilar” “Santyago Bernabeu”da o‘tgan so‘nggi 10 ta klassikodan 6 tasi mag‘lubiyatga uchrashgan va 4 ta g‘alabaga erishgan.
Shu bilan birga, "Kamp Nou"da "Barsa"ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 10 uchrashuvda "Real" 5 ta g‘alaba qozongan, 4 marta durang o‘ynagan va faqat bitta o‘yindagina mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 5 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar