"Real" muxlislari uchun noxush xabar!

  • 11.12.2025 16:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kilian Mbappe "Real Madrid" keyingi o‘yinida ham maydonga tusha olmasligi mumkin. Futbolchi Chempionlar Ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi bellashuvda jamoaga yordam bera olmadi.

Insayder Serxio Kirantening so‘zlariga ko‘ra, uning La Liga 16-turida "Alaves"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida. Mbappe oyog‘idagi og‘riq tufayli noqulaylik his qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Alaves" va "Real Madrid" o‘rtasidagi o‘yin 14 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!