"Real" MYU himoyachisini nishonga oldi

  • 07.02.2026 13:47
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Leni Yoroni oʻz safiga qoʻshib olish haqida oʻylamoqda. Bu haqida "Fichajes" nashri maʼlum qildi.

Manba maʼlumotiga koʻra, Madrid klubi fransiyalik himoyachi bilan mudofaa chizigʻidagi muammolarni hal qilmoqchi. "Qirollik klubi" yozda Yoro bilan muzokaralarni boshlashni reja qilgan. MYu esa futbolchi uchun 70 million evrolik taklif boʻlsa uni sotishga tayyorligini maʼlum qilgan. 

Lening ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 55 million evroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.

Maʼlumot uchun, 20 yoshli himoyachi joriy mavsum "qizil iblislar" safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!