«Real» Niko Pasni qaytarishga qaror qildi
«Real» 22 yoshli yarimhimoyachi Niko Pasni «Komo»dagi muvaffaqiyatli o‘yinlari sabab jamoaga qaytarishga qaror qildi.
Madridning «Real» klubi oʻz tarbiyalanuvchisi, argentinalik yarim himoyachi Niko Pasni jamoaga qaytarishga qatʼiy qaror qildi. Bu haqida futbol insayderi Ramon Alvares de Mon ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Pas 2024 yilda «Real»dan «Komo»ga oʻtgan edi. Avvalroq futbolchining muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlish maqsadida Madridga qaytishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda argentinalik futbolchi Italiya klubi safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, toʻrtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hafta oʻrtasida Pas Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi oʻyin qahramonlaridan biriga aylandi. «Komo» 4:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda yarim himoyachi dubly qayd etib, yana bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlar (0)