“Real”ning yangi hujumchisi: Buni umuman kutmagan edim

  • 31.07.2026 20:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda madridlik «Real» klubi «Levante» tarkibida to‘p surib kelgan hujumchi Karlos Espi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 21 yoshli futbolchi yangi jamoasiga o‘tishi haqida gapirar ekan, bunday keskin burilishni o‘zi ham kutmaganini tan oldi.

«Mening «Real»ga o‘tish jarayoni juda tez ro‘y berdi, g‘oyoh hech qaerdan paydo bo‘lgandek. Bundan mutlaqo bexabar edim. Juda baxtliman. Bu – orzuim edi», – deya Espining so‘zlarini keltiradi insayder Fabrizio Romano.

Matbuotda tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» va «Levante» o‘rtasidagi kelishuv qiymati 25 million evroni tashkil etgan. Ayni shu miqdor Espining oldingi shartnomasida to‘lov miqdori sifatida belgilab qo‘yilgan edi. Ispaniyalik hujumchining madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!