
“Real” nishonga olgan yulduz nomi oshkor bo‘ldi
Tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirib borayotgan “Real” yangi transfer nishonlarini aniqlab oldi. Yozda Antonio Ryudiger va David Alaba bilan xayrlashishga qaror qilgan Xabi Alonso himoya markaziga “Arsenal” vakili Vilyam Salibani olib kelmoqchi.
Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
“Kanonirlar” jamoaning etakchi himoyachisiga madridliklar qiziqish bildirayotganidan xabardor va ular frantsiyalik o‘yinchini saqlab qolishga bor e’tiborni qaratmoqda. Ular Salibani yangi shartnoma bilan bog‘lab qo‘ymoqchi.
Vilyam Salibaning londonliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. 24 yoshli futbolchi Transfermarkt portali tomonidan 80 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar