Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Real» norozi bo‘lgan hakam «El Klassiko»ni boshqaradi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«El klassiko»ning 25 oktyabrdagi «Barselona» – «Real» uchrashuvini hakam Alehandro Ernandes Ernandes boshqarishi kutilmoqda.

2026/27 yilgi mavsumdagi ilk «El Klassiko»ga bir necha hafta qoldi. «Barselona» 25 oktyabr kuni o‘z maydonida «Real»ni qabul qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur uchrashuvni Alehandro Ernandes Ernandes boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

«Ernandes Ernandes «El Klassiko»ni boshqaradi», — dedi jurnalist Roberto Gomes Radio Marca radiosining La Tribu dasturida.

Qiziqi, Alehandro Ernandes Ernandes kuz boshida «Real» «Betis»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvda hakamlik qilgandi. O‘sha bahsdan so‘ng madridliklar hakamlikdan norozi bo‘lib, Kilian Mbappe tepgan penaltiyni qayta ishlatishga ruxsat berilishi kerak edi, deb hisoblagan.

Shu bilan birga, Hakamlar texnik qo‘mitasi Ernandes Ernandesning qarori to‘g‘ri bo‘lganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda ayollar o‘rtasidagi «El Klassiko»da «Barselona» «Real»ni mag‘lub etgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q