Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Real» Oliseni kuzatishda davom etmoqda

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Real» Myunxen «Bavariya»si yarim himoyachisi Maykl Oliseni uzoq vaqtdan beri kuzatmoqda, ammo nemislar uni sotishni istamaydi.

Myunxenning «Bavariya» jamoasi yarim himoyachisi Maykl Olise hanuz «Real» skautlari diqqat markazida qolmoqda. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur ma'lumot berdi.

Manbaga ko‘ra, «Real» rahbariyati Oliseni uzoq vaqtdan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqda va imkoniyat tug‘ilgan zahoti fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Madrid klubi ichida Oliseni jalb etishda jamoadagi Ibraima Konate va Kilian Mbappe omil bo‘lishi mumkin, degan fikr mavjud.

Shu bilan birga, «Bavariya» Oliseni o‘zining uzoq muddatli loyihasida asosiy figurarlardan biri sifatida ko‘radi va hozircha uni sotish yoki qo‘yib yuborish niyati yo‘q.

Joriy mavsumda 24 yoshli vinger barcha musobaqalar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q