"Real" qadrlamagan yulduzga uchta klubdan ish chiqdi
Yaxshi oʻyinchi eʼtiborsiz qolmaydi
«Real» tarkibida to‘p surib kelayotgan argentinalik yarim himoyachi Franko Mastantuono faoliyatini Ispaniyadan Italiyaga ko‘chirishi mumkin. Bu haqida Marca nashri xabar tarqatdi.
Manba ma’lumoticha, futbolchiga Italiya A Seriyasidan bir nechta jamoa qiziqish bildirgan. Xususan, «Napoli», «Milan» va «Fiorentina» klublari Mastantuononi o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Real» rahbariyati esa argentinalik futbolchining Evropada qolib, shu yerda rivojlanishini istamoqda. Madrid klubi yarim himoyachining vataniга qaytishiga qarshi.
O‘tgan mavsum La Liga doirasida Franko Mastantuono 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U shu o‘yinlarda bir gol urdi, besh marta sariq kartochka oldi va bir bor maydondan chetlatildi.
Izohlar (0)