“Real” sardori klubdan norozi

  • 09.02.2026 18:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal o'yin amaliyoti yetishmayotganidan norozi.

Kechа 34 yoshli futbolchi La Liganing 23-turidan o'rin olgan "Valensiya"ga (2:0) qarshi o'yinni to'liq zahirada o'tkazdi. O'ng qanot himoyachisi David Ximenes Korredor asosiy tarkibda maydonga tushdi, 76-daqiqada uning o'rnini Trent Aleksander-Arnold egalladi.

O'yin yakunlangach, Karvaxal jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Antonio Pintus qo'l ostida shug'ullanish uchun maydonga tushdi. The Athletic nashrining yozishicha, futbolchi "asabiylashgan."

Futbolchiga yaqin manbalar u maydonga tushmayotganidan xafa bo'lganini aytishdi, ammo u astoydil mashg'ulotlarda davom etishini qo'shimcha qilishdi.

"Real" rahbariyatidagi manbalarning ma'lum qilishicha, klub joriy mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomani uzaytirishga shubha bilan qaramoqda. Karvaxal tomon ham uning "Madrid"da qolishiga ishonmayapti. Klubda o'ng qanot himoyachisiga ehtimoliy transferlar muhokama qilinayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!