
"Real" "Sevilya"dan 20 yoshli o‘ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi "Sevilya"dan 20 yoshli futbolchi Xuanlu Sanchesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi.
O‘ng qanot himoyachisi "qirollik klubi" safiga Dani Karvaxalning o‘rnini bosish uchun olib kelinishi mumkin. Madridliklarga uning universal va ko‘p qirraligi ekani ma’qul kelyapti.
Ispaniyalik iqtidor sohibining shartnomasida uning tovon puli 20 million evro etib belgilangan. Ammo "Real" u uchun kamroq pul sarflashni maqsad qilgan.
Fikrlar