"Real" sobiq futbolchisi Vinisiusning harakatlarini keskin tanqid qildi

  • 22 sentabr, 19:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorxe Valdano Vinisiusning zaxiraga olinganiga qilgan reaktsiyasini tanqid qildi. 

"Real"ning braziliyalik futbolchisi La Liganing 5-turida "Espanol"ga qarshi bellashuvda almashtirilishini bilgach, maydonga suv idishini uloqtirib, qo‘llarini namoyishkorona ko‘tardi. 

"Vinisius avvalgidek emas, murabbiy esa hozir boshqa. U avval o‘zini yaxshilashi kerak. Keyin murabbiyni ishontirishi lozim. Omma oldida ko‘rsatilgan bunday xatti-harakat nosog‘lom. 

"Real" Vinisiusga qarshi butun dunyo kurashayotgan bir paytda uni qo‘llab-quvvatlagan. Biroq Vini dunyodan emas, murabbiydan g‘azablandi. "Qirollik klubi" rahbariyati esa har doim klub manfaatlarini futbolchidan ustun qo‘ygan. 

Vinisius biroz ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Bu maydonga tushayotgan futbolchi uchun ham hurmatsizlik sanaladi",
- dedi Valdano. 


 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!