«Real Sosiedad» «Chelsi»dan Sarrani sotib olganini e’lon qildi
Londonning «Chelsi» klubiga tegishli markaziy himoyachi Mamadu Sarr mavsumni Ispaniyada davom ettiradi. San-Sebastyaning «Real Sosyedad» jamoasi uni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olgani haqida xabar berdi.
20 yoshli futbolchi o‘tgan yozda «Strasburg» tarkibidan «Chelsi»ga o‘tgan edi. Londonliklar yosh himoyachi uchun 14 million yevro to‘lagan. Shu bilan birga, u joriy yil fevral oyigacha sobiq jamoasi «Strasburg» sharafini ham ijara asosida himoya qildi.
«Chelsi» tarkibida Sarr jami yetti o‘yinda maydonga tushdi. U bu bellashuvlarda gol yoki assist qayd etmadi.
Sarrning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar