«Real» Subimendi oʻyinidan norozi boʻldi
«Real» Madrid skautlari Ispaniya – Angliya oʻyinidan soʻng Martin Subimendi oʻyinini kutilgan darajada deb baholamadi.
«Real» Madrid skautlari Angliyaga qarshi o‘yinda (2:3) Ispaniya terma jamoasi safida maydonga tushgan «Arsenal» yarim himoyachisi Martin Subimendining o‘yinidan kutganini topishmadi. Bu haqida DefensaCentral nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar vakillari havbek harakatlarini o‘yin davomida sinchiklab kuzatgan. Subimendi 72 daqiqa maydonda bo‘ldi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi. Shu bois «Real» rahbariyati uning o‘yinini kutilgan darajada deb baholamadi. Shunga qaramay, futbolchi hali ham klub skautlari diqqat markazida qolmoqda.
Joriy mavsumda 27 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi «Arsenal» tarkibida 12 ta o‘yin o‘tkazdi va bir marta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Izohlar (0)