“Real” taklifi rad etib, daromadli shartnomaga ega bo‘ldi

  • 20.04.2026 17:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” yarim himoyachisi Moises Kaysedo Madriddning “Real”  klubi taklifini rad etib, “aristokratlar” jamoasida qolishni ma'qul ko'rdi va uzoq muddatli shartnomani imzoladi.

Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

Kuni kecha “Chelsi” ekvadorlik futbolchi bilan shartnomani 2033 yilning 30 iyunigacha uzaytirganini rasmiy e'lon qildi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Kaysedoga madriddliklardan tashqari yana ikki qudratli klubi – “Pari Sen-Jermen” va “Bavariya” ham taklif yuborgan. 24 yoshli yarim himoyachi bu chorlovlarga e'tibor qaratmadi va “Chelsi” bilan yangi bitim imzoladi.

Unga ko'ra, Kaysedo bundan buyon haftasiga 200 ming funt (230 ming yevro) miqdorida maosh oladigan bo'ldi.

Kaysedo “Chelsi”ga “Brayton”dan 2023 yilning yozida o'tgan edi. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 141 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 110 million yevroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!