«Real» tarbiyalanuvchisi Ramon sevimli himoyachisini aytdi
«Komo» himoyachisi Hakobo Ramon o‘zining sevimli himoyachisi sifatida «Real» futbolchisi Eder Militаoni tan oldi.
Madridning «Real» klubi tarbiyalanuvchisi, ayni vaqtda Italiyaning «Komo» jamoasida to‘p surayotgan Xakobo Ramon o‘zining sevimli himoyachisi nomini aytdi.
«Mening sevimli himoyachimmi? Bu — Eder Militao», — deya ispaniyalik futbolchining so‘zlarini insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi o‘tgan yil yozidan buyon «Komo» sharafini himoya qilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Himoyachining bozor qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.
Xakobo joriy mavsumda Italiya chempionatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi.
Izohlar (0)