“Real” ustozi aybni hakamlarga to‘nkadi

  • 25.04.2026 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” La Liganing 32-turini safarda “Betis” jamoasiga qarshi o‘tkazib, uchrashuv yakunlanishi arafasida gol o‘tkazib yubordi va g‘alabani qo‘ldan chiqardi – 1:1.

“Betis” hisobni tenglashtirgan vaziyat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shilgan vaqtda maydon egalari vingeri Antoni jarima maydonida madridliklar himoyachisi Ferlan Mending qo‘lidan ushlab, uni yiqitdi, shundan so‘ng to‘pni qabul qilib, darvoza oldiga uzatma berdi. To‘p Antonio Ryudigerning tizzasidan qaytdi, keyin esa “Betis” himoyachisi Ektor Belerin uni qabul qilib, gol urdi.

Birinchi bo‘limda esa Braim Diasning zarbasidan keyin to‘p mezbonlar himoyachisi Rikardo Rodrigesning jarima maydonidagi qo‘liga teggan, ammo bosh hakam Sesar Soto Grado mehmonlar foydasiga penalti belgilamagan.

- Men uchun bu ochiq fol (Mendiga nisbatan). Bunday holatlarda tanadan foydalanilganda muvozanatni yo‘qotish uchun ko‘p vaqt kerak emas. Lekin buni tushunish uchun futbolni biroz bilish kerak. Bizda muammo bor, chunki qaror qabul qilayotganlar buni tushunmaydi.

Biz ko‘p holatlarda bo‘lgani kabi xafamiz. Birinchi bo‘limda ochiq penalti bor edi, u bilan o‘yin taqdirini hal qilishimiz mumkin edi, - dedi Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!