"Real" Vinisius bo‘yicha kutilmagan qaror qabul qilishi mumkin
Madridning "Real" klubi braziliyalik Vinisius Juniorning kelajagi borasida keskin qaror qabul qilishi mumkin.
Avvalroq xabar qilinganidek, 25 yoshli vinger jamoadagi o‘zgargan roli sabab norozilik bildirgan va agar vaziyat yaqin oylarda tuzalmasa, qishdayoq jamoani tark etishi mumkin.
"El Chiringuito TV"ning ma’lumot berishicha, "Real"ni Vinisiusning erkin agent sifatida ketib qolish ehtimoli bezovta qilmayapti. Hozirgi holat shundayki: agar futbolchi klub taklif qilgan shartlarga rozi bo‘lsa, kelishuv uzaytiriladi, aks holda – Vinisius yangi jamoaga yo‘l oladi.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar