“Real” Holandni oladigan bo‘ldi

  • 16.01.2026 08:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni oʻz jamoasiga olib kelishni istamoqda, deb xabar beradi Sky Sport nashri.

Manbaga koʻra, transfer 2026 yilning yozdayoq amalga oshishi mumkin. Bu borada Holandning oʻzi va uning agenti Rafaela Pimenta bilan aloqalar oʻrnatilgan.

Holand Ispaniyaga katta qiziqish bilan qaraydi va Madridning “Real” klubida oʻynashni oʻz karyerasidagi asosiy maqsad, deb hisoblaydi.

Ekspertlarning taʼkidlashicha, Holandning transferiga erishish hatto “Real”dek qudratli klub uchun ham oson boʻlmaydi. Chunki norvegiyalik toʻpurarning “Manchester Siti” bilan 2034 yilgacha amal qiladigan shartnomasi bor. Bu bitimga koʻra, 25 yoshli hujumchi dahshatli darajada katta maosh oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!