"Real" "yaponiyalik Messi"ni sotib yuboryapti

  • 17 iyul, 2022, 19:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid yaponiyalik Takefusa Kuboni sotib yuborishga yaqin turibdi. Unga hozircha "Real" Sosedad jamoasi asosiy da’vogar. 

Tecno

Madrid klubi 21 yoshli futbolchi yana boshqa jamoaga sotiladigan bo‘lsa, 50 foiz ulushga ega bo‘ladi. Shuningdek, "qirollik klubi"da 5 yil davomida Takefusani qayta sotib olish huquqi mavjud. 

So‘nggi uch yil davomida yaponiyalik iqtidor sohibi ijara asosida Ispaniyaning turli jamoalarida to‘p tepdi. Jumladan, u "Malorka", "Xetafe" va "Vilyarreal" kabi klublar sharafini himoya qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!