"Real" yoki "Barselona": Superkompyuter Ispaniya chempionini tanladi
Bosh sovrin kimga nasib qiladi?
Ispaniyaning La Liga chempionatida olti tur ortda qolar ekan, Opta kompaniyasining superkompyuteri 2026/2027 yilgi mavsumda qaysi jamoa chempion bo‘lish ehtimoli yuqoriligini hisoblab chiqdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, asosiy favorit sifatida kataloniyalik «Barselona» ko‘rsatilmoqda. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoaning chempionlikka erishish ehtimoli 67 foizga baholangan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni madriddlik «Real» egallagan. Joze Mourinyo shogirdlarining Ispaniya chempioni bo‘lish imkoniyati 26,7 foiz etib belgilangan. Uchinchi pog‘onada yana bir poytaxt klubi — «Atletiko» (Madrid). Superkompyuter ma’lumotlariga ko‘ra, «matraschilar»ning titul uchun kurashda g‘olib chiqish ehtimoli bor-yo‘g‘i 3,1 foizni tashkil etadi.
Keyingi o‘rinda sevilyalik «Betis» qayd etilgan bo‘lib, uning chempionlik shansi 2,9 foizga teng. Qolgan barcha klublarning imkoniyati esa bir foizdan ham kam deb baholanmoqda.
Izohlar (0)