“Real” yo‘q joydan o‘n million yevro daromad qilyapti

  • 06.07.2026 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning “Almeriya” klubi yarim himoyachisi Serxio Arribas yozgi transferlar oynasida jamoasini almashtirishi mumkin.

A Bola nashri ma'lumotiga koʻra, 24 yoshli futbolchiga Portugaliyaning “Benfika” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Almeriya” oʻz futbolchisini 20 million yevroga baholagan. Agar transfer amalga oshsa, ushbu summaning 50 foizi Arribasning sobiq klubi “Real” hisobiga oʻtkazib beriladi.  Shu tariqa, madridliklar mazkur kelishuvdan 10 million yevro daromad olishlari mumkin.

Serxio Arribas “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yilda 6 million yevro evaziga “Almeriya”ga oʻtgan boʻlib, kelishuvga keyingi sotuvdan 50 foiz ulush haqida band ham kiritilgan.

Oʻtgan mavsumda Arribas barcha musobaqalarda 47 ta oʻyin oʻtkazib, 26 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!