“Real” yulduzi yurtiга qaytib ketadigan bo‘lyapti
Malridning “Real” klubi asosiy tarkibiga kira olmayotgan argentinalik hujumkor futbolchi Franko Mastantuono faoliyatini yana “River Pleyt”da davom ettirishi mumkin.
The Athletic nashri jurnalisti Gilyermo Rayning xabar berishicha, 18 yoshli argentinalik futbolchi o‘zining tarbiya topgan klubiga qaytishni istamoqda. “River Pleyt” ham uni yana o‘z safida ko‘rishga qiziqmoqda.
Manbaga ko‘ra, gap ijara shartnomasi haqida ketmoqda. Bu variant “Real”ni ham qoniqtirmoqda, chunki bosh murabbiy Joze Mourinyo kelasi mavsumda Mastantuonoga asosiy tarkibdan muntazam joy berishni rejalashtirmagan va yosh futbolchining doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini xohlamoqda.
“River Pleyt”ga qaytish hozircha eng ehtimoliy variantlardan biri hisoblanadi. Agar tomonlar shartlar bo‘yicha kelishuvga erishsa, Argentina klubi o‘z tarbiyalanuvchisini yana qabul qilishga tayyor.
O‘tgan mavsum Mastantuono “Real” safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Biroq u asosiy tarkibdan mustahkam o‘rin egallay olmadi.

Fikrlar