“Real” yulduzini sobiq jamoasi olib ketmoqchi

  • 19.01.2026 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib borayotgan germaniyalik markaziy himoyachi  Antonio Ryudiger Angliya Premier-ligasiga qaytishi mumkin.

Jurnalist Ben Jeykobs ma'lumotlariga koʻra, 32 yoshli futbolchiga uning sobiq jamoasi “Chelsi” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

London klubi nemis himoyachisini shu yil yozida, madridliklar bilan shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida tarkibiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.

Ryudiger 2017–2022 yillar davomida “Chelsi” safida toʻp tepgan. U 2022 yili aynan “Chelsi”dan “Real”ga erkin agent sifatida koʻchib oʻtgan edi.

Joriy mavsumda himoyachi “Real” safida 9 ta oʻyin oʻtkazdi. Madridliklar unga yangi bitim berish boʻyicha hali bir qarorga kelgani yoʻq. Ryudigerni Saudiya Arabistonining badavlat klublari ham oʻz safiga chorlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!