“Real” yulduzini uch badavlat klub olib ketmoqchi
“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso kelasi mavsumdan jamoa himoya chizig‘ini to‘liq yangilashga va yoshi o‘tib qolgan himoyachilarga javob berib yuborishga qaror qilgan.
Buning ortidan “Qirollik klubi” joriy mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan Antonio Ryudiger va David Alabaga yangi bitim bermaydigan bo‘ldi.
Taniqli insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, vaziyatdan Saudiya Arabistonining badavlat klublari foydalanib qolmoqchi. Manbaga ko‘ra, “An-Nasr”, “Al-Hilol” va “Al-Ittifoq” yozda Antonio Ryudigerni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligini bildirdi.
32 yoshli Ryudiger ilgari Germaniya chempionatida “Shtutgart”, Italiyada “Roma” va Angliyada “Chelsi” kabi mashhur klublar sharafini himoya qilgan.
33 yoshli David Araba esa, Avstriya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Real”ga kelgunga qadar professional faoliyatini “Xoffenxaym” va “Bavariya”da o‘tkazgan.
Fikrlar