“Real”da katta yo‘qotish: Mbappe nechta o‘yin o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi
“Real” klubi jamoa toʻpurari Kilian Mbappening jarohatlangani rasman tasdiqlagan edi. MRT tekshiruvi jarohat mavjudligini tasdiqladi. Bu haqida L’Équipe xabar bermoqda.
Manba maʼlumotlariga koʻra, tibbiy koʻrik futbolchining ahvolini toʻgʻri baholash va aniq tashshxis qoʻyish imkonini berdi. Jarohat turidan kelib chiqib, Mbappe muayyan vaqt davomida davolanish va dam olishi talab qilinadi. Mbappe bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.
Agar vaziyat jiddiy oʻzgarishlarga duch kelmasa, Kilian kamida quyidagi oʻyinlarni oʻtkazib yuboradi:
- La Ligada “Betis”ga qarshi oʻyin (4 yanvar),
- Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Atletiko”ga qarshi bahs (8 yanvar),
- agar “Real” finalga chiqsa, turnir finali (11 yanvar).
Bundan tashqari, fransiyalik futbolchi La Ligada “Levante”ga qarshi oʻyinda (17 yanvar) hamda Chempionlar ligasi umumiy bosqichida “Monako” bilan boʻladigan uchrashuvda (20 yanvar) ham ishtirok etmaydi.
Mbappe 2024 yilning yozidan beri “Real” safida oʻynamoqda. Shu paytga qadar u “Qirollik klubi” tarkibida 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, 73 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar