“Real”da porlagan golkiper “Barsa” darvozasini qo‘riqlashga tayyor

  • 24 sentabr, 2024, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” safida yulduzli onlarini o‘tkazgan Keylor Navas asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegendan uzoq muddatga ayrilgan “Barselona”ga yordam berishga tayyor.

Jurnalist Ferran Martinesning ma’lum qilishicha, Navas agar unga imkon berishsa, “Barselona” darvozasini mamniyat bilan qo‘riqlashga tayyor ekanini bildirgan.

Kosta-rikalik darvozabonning agenti Jorje Mendesh hisobalandi. Bu agent Kataloniya superklubi rahbariyati bilan yaxshi munosabatga ega. Bu transferning amalga oshishiga turtki bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

37 yoshli Keylor Navas “Saprissa” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010 yili Evropa kelganidan beri “Albasete”, “Levante”, “Real”, PSJ, “Nottingem” kabi klublarda faoliyat yuritgan. Ayni paytda erkin agent maqomida jamoa qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!