
“Real”dagi “bomba” transferga qo‘l urmoqda
“Real” himoya chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar qilishga bel bog‘ladi. RMC Sport nashri madridliklarning yozga mo‘ljallagan rejalarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati asosiy nishon sifatida “Arsenal” markaziy himoyachisi Vilyam Salibani tanladi.
“Kanonirlar” o‘z futbolchisi dunyoning eng kuchli markaziy himoyachisi, deb biladi va uni o‘z tarkibida saqlab qolishga bor imkoniyatini sarflaydi. Biroq, moliyaviy vaziyat ustuvor bo‘lgan bugungi kunda har qanday klubni transferga ko‘ndirish mumkin.
O‘z navbatida, “Arsenal” ham mo‘may daromad evaziga Salibani qo‘yib yuborishi mumkinligi aytilmoqda. Agar bu ish amalga oshsa, 23 yoshli frantsiyalik futbolchi jahon futbolidagi eng qimmatbaho himoyachiga aylanadi.
Saliba “Sent-Eten” tarbiyalanuvchisi hisoblagadi. “Arsenal” uni 2019 yili 30 million evroga transfer qilgan. Orada iqtidorli himoyachi “Sent-Eten”, “Nitstsa” va”Marsel”da ijarada o‘ynadi. 2022 yilning yozidan beri “Arsenal”ning asosiy tarkibida to‘p tepib kelmoqda.
Fikrlar